URLY.UZ

QR-kodlar

Oʻlchamlar, xatolarni tuzatish, ranglar va logotip.

Yuklab olish

QR-kod doim qisqa havolani kodlaydi, shuning uchun manzil oʻzgarsa ham qayta chop etish shart emas. PNG va SVG 256, 512 va 1024 px oʻlchamlarda mavjud.

Ranglar va kontrast

Pullik tariflarda ranglar, nuqtalar va burchak belgilari shakli, gradiyent hamda oʻzbek yoki rus tilidagi qisqa yozuvli ramkani tanlash mumkin. Juda past kontrastga ruxsat bermaymiz — bunday kodlar yomon skanerlanadi.

Logotip

PNG yoki SVG logotipni «Sozlamalar → QR-kodlar uchun logotip» boʻlimiga yuklang va «Markazda logotip»ni belgilang. Logotip kodning 22% idan oshmaydi, xatolarni tuzatish darajasi esa avtomatik H boʻladi.